Malayziyaning Mara texnologiyalari universiteti professorlari Zarina Saleh va Rohana Ngah tomonidan Toshkent moliya instituti talabalariga ma’ruza mashg‘ulotlari va mahorat darslari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli va 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli hamda 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Malayziyaning Mara texnologiyalari universiteti professorlari Zarina Saleh va Rohana Ngah 2019-yilning 12-aprelidan 24-apreliga qadar Toshkent moliya instituti talabalari uchun “Menejment”, “Xalqaro menejment” va “Marketing” fanlaridan “Bootstrap Marketing - Entrepreneurial Marketing Strategies for Small Business”, “International Management - Intercultural challenges”, “New Product Development- the MVP Challenge”, “Design Thinking – New Management Paradigm”, “Blue Ocean Strategy to Blue Ocean Leadership”, “Diversity Marketing- A Case Study in a Multiracial Country” mavzularida ma’ruza mashg‘ulotlari, seminarlar hamda mahorat darslari tashkil etildi.
Shuningdek, tashrif davomida Toshkent moliya instituti va Malayziyaning Mara texnologiyalari universiteti o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot sohasi hamda professor-o‘qituvchilar va talablar almashinuv dasturlari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolash, shuningdek, hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.